35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“Ashurqulmergan” mahallasining yangi binosi bilan tanishildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Nosirov tomonidan “Ashurqulmergan” mahallasining yangi binosi bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur bino 2025-yil “Tashabbusli budjet” loyihasining 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha asosida bunyod etilib, qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Yangi mahalla binosi qurilishida mahalla faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlar inobatga olingan. Ayni vaqtda binoni zarur jihoz va inventarlar bilan ta’minlash masalasi dolzarb bo‘lib turibdi.

Mazkur masala yuzasidan kotibiyat mudiri A.Nosirov shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar bilan bog‘lanib, mahalla binosini zarur jihozlar bilan ta’minlash masalasini ijobiy hal etish bo‘yicha nazoratga oldi.

Mahalla faoliyati uchun yaratilgan yangi binodan samarali foydalanish, aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni to‘liq ta’minlash muhimligi qayd etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3