Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Maxzunaxon Hakimova tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Obod” MFYda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Deputat mahalla faollari bilan hamkorlikda ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi xonadonlariga tashrif buyurmoqda. Muloqotlar davomida fuqarolarning murojaat va takliflari o‘rganilib, mavjud masalalarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.
Bunday o‘rganishlar hududdagi muammolarni joyida aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.