Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I.Raximov tomonidan Markaziy bank Uchquduq tuman filiali rahbari bilan hamkorlikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, biznes tashabbuslarini amalga oshirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda kredit olish imkoniyatlari bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi.
💡 Yoshlarning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish va bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🏦 Mutasaddilar tomonidan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.
🌱 Yoshlarning har bir tashabbusi — yangi imkoniyat, yangi ish o‘rni va hudud taraqqiyotiga qo‘shilgan hissadir!