35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“Shifokor” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar 3-“Shifokor” saylov okrugi deputati O.Lapasova okrugiga qarashli “Shifokor” mahallasida bo‘ldilar.

Uchrashuv davomida mahalla raisi bilan birgalikda hududda olib borilayotgan ishlar, ayniqsa, “24 ta muhim yo‘nalish” mezonlari asosida mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganishlar davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

“Mahalla yettiligi” hamkorligi: Mahalla raisi, hokim yordamchisi va boshqa mas’ullarning o‘zaro muvofiqlashgan faoliyati;
Deputatlik faoliyati: O.Lapasovaning o‘z okrugida saylovchilar bilan ishlash, muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasidagi faoliyati;
Aholi murojaatlari: Hududda fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda ularni tizimli bartaraf etish yo‘llari.

O‘rganish yakunida mahalla raisiga aholi bilan ishlashda ochiqlik, murojaatlarni xonadonbay o‘rganish hamda mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.