Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Kengashi deputati D.Ataxodjayeva nomidan tuman KEngashi bosh mutaxassisi Sh.Sidikova tomonidan tuman tibbiyot muassasasida o‘rganish olib borildi.
📌O‘rganish davomida hudud aholisiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlarning holati, fuqarolarni qabul qilish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayoni, shuningdek, tibbiy yordamning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi masalalariga e’tibor qaratildi.
📌Shu bilan birga, tibbiyot muassasasida bemorlarga tavsiya etilayotgan davolash va profilaktika choralari, shifokor ko‘rsatmalarining bajarilishi, aholining murojaatlari bilan ishlash hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!