35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

HAMKORLIK ASOSIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

 Hamkorlik doirasida Kengash qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, xususan, ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yangi o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.

O‘rganish jarayonida obyektlarning yong‘in xavfsizligi, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari va mavsumga tayyorgarligi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1