O‘rganish jarayonida "Bobotog‘" mahallasida tashabbusli budjet loyihasining 2026-yil 1-mavsumida 1 ta loyiha g‘olib deb topilib, ularni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar ajratildi.
Ajratilgan mablag‘lar hisobidan mahallada elektr energiyasi infratuzilmasi yaxshilash bo‘yicha yaroqsiz holatda bo‘lgan sim yog‘ochlar o‘rniga 140 dona beton ustun va 7 dona yangi qo‘shimcha transformator o‘rnatish hamda 2.3 kilometr masofaga yopiq kabel tortish rejalashtirilgan. Ayni paytda bosqichma-bosqich ishlar bajarilmoqda.
Amalga oshiriladigan ishlar nafaqat elektr energiyasi infratuzilmasini yaxshilashga, balki mahalla hududining obod qiyofasini shakllantirishga, fuqarolarning turmush sifatini oshirishga ham xizmat qilmoqda. Eng muhimi, ushbu natijalar tashabbusli budjet tizimining samaradorligini, aholining o‘z hududini rivojlantirishdagi faol ishtiroki muhim ekanligini yana bir bor namoyon etdi.