35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Murojaat ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mavlonov Azam Qarshiyevichga Xirmontepa mahallasida yashovchi fuqarolardan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda Xirmontepa mahallasi 41-uy yonida to‘planib qolgan maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotganligi bildirilgan.

Deputat tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda to‘plangan maishiy chiqindilar olib chiqib ketilishi ta’minlandi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash deputat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 6