35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Yangi qo‘rg‘on MFYdagi muammo o‘rganildi

Fuqaro To‘raqulov Fayzullo tomonidan 7-avgust kuni murojaat qilingan. Murojaat yuzasidan “Samarqand suv ta’minoti” vakili A.Abdullayev bilan bog‘lanilib, avariya brigadasi jalb etilgan va quvur vaqtincha ta’mirlangan.

Biroq oradan ikki kun o‘tib, quvurdan yana suv sizib chiqishi kuzatilgan. Deputat tomonidan masala joyiga chiqib qayta o‘rganilib, mas’ul mutaxassis bilan uchrashildi.

️ Abror Abdullayev tomonidan mazkur muammoni to‘liq bartaraf etish bo‘yicha ishlar tegishli dasturga kiritilganligi ma’lum qilindi. Shuningdek, ta’mirlash ishlarini yakunlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Murojaat o‘rganilmoqda, muammo yechimi nazoratda.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 3