#biriktirilgan_tashkilot
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov, Kengash kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Alibekov tomonidan hududda qishloq xo‘jaligi ekinlarini suv bilan ta’minlash holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholining tomorqa xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun suv bilan ta’minlanishi, suv yetkazib berishdagi mavjud muammolar, suv tarmoqlari va sug‘orish inshootlarining holati ko‘rib chiqildi.
Aholi bilan suhbat davomida suvning o‘z vaqtida va yetarli hajmda yetib borishi, sug‘orish mavsumida yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|