35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Fuqarolar murojaati bo‘yicha joyiga chiqildi

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 23-Katta Qo‘yliq saylov okrugi deputati Zafar Alimovga fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaat yuzasidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari Dilshodbek Ibragimov hamda Akbarali Alisherov tomonidan “Katta Qo‘yliq” mahallasiga joyiga chiqildi.

❗️ Tashrif davomida Boshqaruv servis kompaniyasining faoliyati, ko‘p qavatli uylarning holati hamda liftlarning ishlash holati ko‘zdan kechirildi.

📋 Aniqlangan holatlar va fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalar qayd etilib, tegishli choralar ko‘rilishi uchun deputatga axborot kiritildi.

Slide 1 of 1