35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kotibiyat xodimlari hududda o‘rganish olib bordi

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Dilshodbek Ibragimov tomonidan tomonidan 5-Ma'rifat saylov okrugi deputati N.Abduroziqova faoliyat olib borayotgan"O‘qchi Olmazor" mahallasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

❗️O‘rganish davomida mahalla hududidagi sanitariya-tozalik holati, xususan, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, chiqindi to‘planishining oldini olish hamda ko‘chalarning ozodaligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mas'ul tashkilotlar vakillari bilan hududda tozalikni ta'minlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, deputatga axborot kiritish uchun tayyorlandi.

Slide 1 of 1