Yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash — ustuvor vazifa
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi qoshidagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Uralov tomonidan tuman Mudofaa bo‘limi bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida harbiy xizmatni targ‘ib qilishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Hamkorlik doirasida yoshlarning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda Vatanga sadoqat, yurt tinchligi va daxlsizligini himoya qilish mas’uliyatini mustahkamlash, shuningdek, mudofaa tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bunday tashabbuslar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash hamda harbiy xizmatning nufuzi va ahamiyatini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.