Bugun Zarbuloq mahallasi hududidagi 10-sonli maktabda sport zallari va maydonlarining holati hudud deputati Faxriddin Matasimov tomonidan ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida:
✅Sport zallarining bugungi holati va mavjud zaxira anjomlari ko‘zdan kechirildi.
✅O‘quvchilar bilan samimiy suhbat uyushtirilib, yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanish va ularni asrab-avaylash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
✅Maktab rahbariyatiga sport majmualarini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
✅Maqsad: Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va munosib sharoitlarni saqlab qolishdir.