Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi V. Ro‘ziyev tomonidan Qushquduq mahallasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
🌱 O‘rganish davomidayoshlarga ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish holati, yerlarning maqsadli ishlatilishi, ekin ekish jarayonlari hamda ajratilgan maydonlarning samaradorligi joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, yer maydonlaridan foydalanayotgan yoshlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning faoliyati, mavjud muammolari va takliflari tinglandi.
Ayrim hollarda yer maydonlaridan to‘liq foydalanish, suv ta’minoti va agrotexnik xizmatlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
📝 O‘rganish natijasida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish hamda yoshlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.