Vatan mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati R. Qo‘ziyev, Kengash kotibiyati mudiri J. Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Toyirovlar tomonidan Vatan mahallasida KQ-35-V sonli qaror ijrosi yuzasidan mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mazkur qarorda belgilangan vazifalarning ijrosi, mahalla hududida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar muhokama qilindi. Mahalla yettiligi vakillari bilan hamkorlikda hududdagi ijtimoiy-maishiy masalalar, aholini qiynayotgan muammolar va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, bildirilgan taklif va muammolar yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, hududlarda fuqarolar bilan ochiq muloqotlarni tashkil etish hamda aholi murojaatlarini manzilli o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.