Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T. Xoliqov tomonidan fuqarolar murojaati o‘rganildi
♻️Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T.Xoliqov tomonidan Zangiota tumani Saxovat MFY, 2-Tor ko‘chasi, 5-uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar S.Tolipov va D. Nurmetovning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
♻️O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga zarur tavsiyalar va topshiriqlar berildi. Murojaatda ko‘rsatilgan masalalar ijrosi deputat nazoratiga olindi.
♻️Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish va amaliy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.