Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Omonov Erkin Botirovich tomonidan “Xalqabog‘” mahallasida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.
🔠O‘rganish jarayonida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📌Shuningdek, mavjud holat yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi tomonidan hududlarni kompleks o‘rganish, qonunlar ijrosi va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar bajarilishi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!