35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Tumanda parklar, hiyobonlar va bog‘larning holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 14-«Xalqobod» saylov okrugidan saylangan deputat Ollomurodov Otabek tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Xoliqov Bahodir bilan hamkorlikda «Shaffof» mahallasidagi «Bolajon» istirohat bog‘ida o‘rganish olib bordi.

O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida, xususan, parklar, hiyobonlar va bog‘larning holatini o‘rganish yo‘nalishi doirasida tashkil etildi.

Tashrif davomida istirohat bog‘ida aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, obodonlashtirish ishlari, bolalar uchun tashkil etilgan o‘yin maydonchalari hamda hududning sanitariya holati ko‘zdan kechirildi.

Bunday o‘rganishlar hududlarda obodonlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni aniqlash va fuqarolar uchun xavfsiz hamda qulay dam olish muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3