Yangiliklar

🔰Deputatlar va Yoshlar maslahat guruhi uchrashuvi.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi raisi M.Abdusattarova hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a‘zolari ishtirokida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹Yig‘ilish kun tartibida yoshlar muammolarini chuqur o‘rganish, ularni manzilli hal etish hamda navqiron avlod vakillarining isteʼdodi va qobiliyatini ro‘yobga chiqarish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi. 

🔹Shuningdek, doimiy komissiya va Yoshlar maslahat guruhining o‘zaro hamkorligini taʼminlash, ularni yoshlar masalalariga oid muhokamalar hamda nazorat-tahlil tadbirlariga faol jalb etish choralari ko‘rib chiqildi. Tadbir yakunida deputatlar va guruh a‘zolari galdagi muhim vazifalarni belgilab olishdi.

Slide 1 of 2