Yangiliklar

Amaliy natija - muammo bartaraf etildi

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #muammoga_yechimlar

Amaliy natija - muammo bartaraf etildi

⚙️ Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari tomonidan 24 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha tavsiyalar ijrosi doirasida - aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda issiq va sovuq suv bilan uzluksiz ta’minlash holatini o‘rganish maqsadida Istirohat mahallasidagi 2425-sonli transformator punkti holati yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

🕯 Mas’ul tashkilotlar tomonidan transformator punkti ta’mirlanib, hududi chiqindilar va begona o‘tlardan tozalandi hamda muhofaza zonasi belgilangan me’yoriy talablar asosida tartibga keltirildi.

↗️ Amalga oshirilgan ishlar elektr ta’minoti infratuzilmasining xavfsiz va ishonchli ishlashini ta’minlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.

📁 Murojaatlar deputatlar nazoratida, muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etiladi.

Slide 1 of 5