Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.
🎯 Seminar davomida yoshlarning mahalliy Kengash faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda jamoatchilik nazoratidagi rolini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
📝 Ishtirokchilarga:
🔹 yoshlar muammolarini tizimli o‘rganish;
🔹 ularni deputatlar bilan hamkorlikda joyiga chiqib tahlil qilish;
🔹 dolzarb masalalarni Kengash muhokamasiga kiritish;
🔹 yoshlarning taklif va tashabbuslarini amaliy natijaga yo‘naltirish mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
💬 Shuningdek, guruh a’zolariga hududlarda faol ishlash, yoshlar bilan muntazam muloqot olib borish hamda ularning murojaatlarini o‘z vaqtida Kengashga yetkazish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi.
⚡️ Seminar yakunida “Yoshlar maslahat guruhi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish va deputatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.