So‘nggi yillarda mamlakatimizda chorvachilik va parrandachilikni kompleks rivojlantirishda keng ko‘lamli islohotlar va davlat dasturlari, shuningdek, epizootik osoyishtalik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Matkarimova Irina Djumaniyazovna jamoatchilik faoliyati asosida biriktirilgan Mirzo Ulug‘bek tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida hayvonlar kasalliklarining oldini olish, emlash tadbirlarini tashkil etish hamda epizootiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tashkil etilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
Shu bilan birga, bo‘lim xodimlari deputatga hududda o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar bo‘lishini oldini olish hamda tarqalishi xavfini bartaraf etishning xavfsiz muhofazaning samarali tizimini yaratishda amalga oshirilayotgan ishlari xaqida ma’lumot berdilar.
Uchrashuv jarayonida deputat veterinariya mutaxassislarining malakasi oshirib borish, qayta tayyorlash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan ommaviy axborot vositalari bilan ochiq-oshkora muloqot tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.