🔸 Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B.Toshpo‘latov 5-“Qaliya” saylov okrugi saylovchilari oldida o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot berdi. Tadbirda shahar hokimligi masʼullari, mutasaddi idoralar vakillari va Kengash kotibiyati xodimlari ishtirok etishdi.
🔸Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan atroflicha tinglanib, ularga qonunchilik doirasida huquqiy tavsiyalar berildi.
🔸Yakunda mas‘ul tashkilotlar bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar va aniq vazifalar belgilab olindi. Fuqarolar manfaatlarini ta‘minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta‘kidlandi.