Yangiliklar

#sessiya

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining faoliyati belgilangan reglament asosida tashkil etiladi.

Mazkur reglament Kengash ishini samarali, ochiq va qonuniy tashkil etishning asosiy tartib-qoidalarini belgilaydi.

🔹 Reglament quyidagi muhim masalalarni tartibga soladi:
✅ Kengash sessiyalarini chaqirish va o‘tkazish tartibi;
✅ Sessiya muhokamasiga masalalarni kiritish va ko‘rib chiqish;
✅ Kengash organlarini tashkil etish va saylash;
✅ Kengash organlari faoliyati yuzasidan hisobotlarni eshitish;
✅ Kengash so‘rovlarini yuborish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqish;
✅ Kengash tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi;
✅ Deputat so‘rovlarini yuborish;
✅ Qarorlar loyihalarini muhokama qilish va ovoz berish;
✅ Qabul qilingan qarorlarni o‘qib eshittirish;
✅ Sessiyaga taklif etiladigan shaxslar sonini belgilash;
✅ Deputatlarning mas’uliyati hamda sessiya ishini tashkil etishga oid boshqa masalalar.

Slide 1 of 1