Xalq deputatlari tuman Kengashining 16-To‘lg‘a saylov okrugi deputati Ziyoda Tursunova tomonidan Gala mahallasida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Hududlarda qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni mazmun mohiyati to‘g‘risida tushunsalar berildi.
Uchrashuvda mahalla faollari va nuroniylar ishtirok etib, hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining bugungi holati, ularni ta’mirlash va shag‘allashtirish zarurati, shuningdek, ko‘chalarni tungi yoritish tizimini yaxshilash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilab olindi.