O‘rganish jarayonida mahallalarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan yordam darajasi tahlil qilindi. Shuningdek, hududda obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, bandlikni ta’minlash hamda yoshlar bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.
Deputat tomonidan mahalla yettiligi a’zolariga mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi. Aholi murojaatlari bilan ishlashni yanada tizimli tashkil etish, ehtiyojmand oilalarni doimiy qo‘llab-quvvatlash hamda hududni yanada obod qilish yuzasidan kelishib olishdi. https://t.me/Zangiota_tuman_Kengashi