🔰Xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashi deputati Lazizjon O'tkirov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Dilnoza Ulug‘bekova ish rejaga asosan tumandagi “Toza hudud” DUK Chinoz filialida o‘rganish ishlari olib borildi.
📝O‘rganish jarayonida chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va olib chiqib ketish tizimi, ushbu yo‘nalishda mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari yuzasidan korxona rahbariyati bilan muloqot o‘tkazildi.
♻️Shuningdek, maxsus texnikalar holati, ularning ishlash samaradorligi, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Aholidan kelib tushayotgan murojaatlar, chiqindilarni belgilangan jadval asosida olib ketish masalalari muhokama qilindi.