Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Ra’no Fozilova tumandagi "Beshkapa" MFY hududida mahalla ichki ko‘chalarining holatini o‘rgandi. Deputat "Beshkapa" mahalla raisi bilan birgalikda hududni ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish jarayonida ayrim ko‘chalarda asfalt qoplamasi talab darajasida emasligi aniqlandi. Shu munosabat bilan asfalt ishlarini amalga oshirgan pudratchi tashkilot vakillari bilan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalasi gaplashildi. Pudratchi tashkilot tomonidan aniqlangan masalani qisqa muddatlarda ta’mirlab berish bo‘yicha va’da berildi.
Mazkur ishlar mahalla aholisiga qulaylik yaratish, ichki yo‘llar sifatini yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.