Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashi deputati A.Xudayberdiyev hamda O'zbekiston "Adolat" SDP Konimex tumani Kengashi raisi Q.Janxujayev ishtirokida Konimex tuman texnikumi faollar zalida “Firibgarlikka qarshi kurashish – har birimizning burchimiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida jamiyatda firibgarlik holatlarining oldini olish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda yoshlar o‘rtasida ogohlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddilar tomonidan fuqarolarni turli aldov va noqonuniy holatlardan himoya qilish, shuningdek, bunday vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida firibgarlikka qarshi kurashish har bir fuqaroning mas’uliyati ekani ta’kidlanib, barchani hushyorlikka, qonunlarga hurmat bilan yondashishga va jamiyat xavfsizligini ta’minlashda faol bo‘lishga chaqirildi.