Ramazonda mehr va muruvvat
➡️Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda viloyat Kengashi deputatlari Do‘stlik mahallasida istiqomat qilayotgan bemor E.Xamroyev holidan xabar oldi. Tashrif davomida xonadonga kirib, bemorning sog‘lig‘i, yashash sharoiti hamda ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy yordam holati bilan tanishildi.
➡️Deputatlar bemor va unining yaqinlari bilan samimiy suhbat o‘tkazib, mavjud muammolar hamda ehtiyojlarni o‘rgandi. Ayrim xonadonlarda dori-darmon ta’minoti, tibbiy ko‘riklarning muntazamligi va parvarish masalalari muhokama qilindi.
➡️Shuningdek, Muborak Ramazon oyi munosabati bilan fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.