Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan Vatan mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolarning ichimlik suvi ta’minoti bilan bogʻliq murojaat mahalla raisi, Boshqaruv servis kompaniyasi rahbari va Farg‘ona suv ta’minotining Marg‘ilon shahar bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda joyida oʻrganilib aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli Farmoni ijrosi doirasida shahar “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishiga erishildi.

Ajratilgan mablag‘lar ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi uchun qulay va barqaror infratuzilma yaratishga yo‘naltiriladi.

Slide 1 of 5