🔹Xalq deputatlari Bekobod tuman kengashi deputati B.Yulchiyev tuman Madaniyat markazi zalida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot uchrashuvida ishtirok etdi. Mamlakatimizda tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida qilinayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berdi.
🔹Tadbirkorlikni rivojlantirishda Oʻzbekiston Respublikasining 05.11.2019-yildagi OʻRQ-580-sonli “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi va Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 6-maydagi OʻRQ–33-sonli “Isteʼmol krediti” toʻgʻrisida Qonunlarning mohiyatini tushuntirib berdi.