Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Bo‘ka tumanida “Ma’naviyat karvoni” doirasida targ‘ibot uchrashuvi
янв.21
MA'RIFATGA CHORLOVCHI MUQADDAS DARGOH
янв.21
“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?”
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: inson qadri va farovonlik yo‘lidagi muhim qadam
янв.21
Sayyor qabul
янв.21
"Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" ko‘rik tanlovi davom etmoqda
янв.21
“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" nomli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining targ‘iboti
янв.21
Doimiy komissiyaning yig‘ilishi.
Davlat xizmatlari va FHDYo organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati G.Sharipova tomonidan shahar davlat xizmatlari va FHDYo organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi. Davlat xizmatlari markazida 5 nafar xodim, FHDYo bo‘limida 3 nafar xodim faoliyat yuritib, kuniga taxminan 250-300 nafargacha aholiga turli xildagi huquqiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Jumladan, tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil qilish, faoliyatni to‘xtatish, turli mazmundagi ma’lumotnomalar olish, transport bilan bog‘liq haydovchilik guvohnomalari, xorijga chiqish pasportlari rasmiylashtirish, kadastr, arxiv hujjatlari, ish staji, pensiyaning barcha turi va boshqa turdagi ko‘plab xizmatlar bilan murojaat qilinmoqda. FHDYo bo‘limida kuniga 90 dan ziyod fuqaro tug‘ilganlik, nikoh va o‘limni qayd ettirish, nikohni bekor qilish bilan bog‘liq harakatlar, guvohnomalardan dublikatlar olish, ism, familiya va ota ismlarini o‘zgartirish, dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish kiritish masalalarida murojaat qilinib, respublika miqyosida elektron tartibda ko‘plab masalalar hal qilib kelinmoqda. Undan tashqari Davlat xizmatlari markazi binosida shahar adliya bo‘limi va "Madad" nomli huquqiy maslahat byurosi joylashgan bo‘lib, aholiga bepul huquqiy maslahat va xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Ushbu bino yangi loyixa asosida qurilgan, ikki qavatdan iborat bo‘lib, xodimlar va fuqarolar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.  

Slide 1 of 2