Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Bo‘ka tumanida “Ma’naviyat karvoni” doirasida targ‘ibot uchrashuvi
янв.21
MA'RIFATGA CHORLOVCHI MUQADDAS DARGOH
янв.21
“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?”
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: inson qadri va farovonlik yo‘lidagi muhim qadam
янв.21
Sayyor qabul
янв.21
"Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" ko‘rik tanlovi davom etmoqda
янв.21
“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" nomli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining targ‘iboti
янв.21
Doimiy komissiyaning yig‘ilishi.
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining navbatdagi yigirma birinchi sessiyasi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi o'tkaziladi.

Bu haqda Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi raisi Sh.Suvonqulovning kecha, 2-fevralda qabul qilgan "Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma birinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

- Paxtakor tumanini 2026–2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturini tasdiqlash to‘g‘risida. 

- Paxtakor tumanida 2025-yil davomida norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti to‘g‘risida. 

- Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida budjet parametrlarini sifatli ijro etilishi, tuman mahalliy budjeti barqarorligini ta’minlash, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda tuman hokimligiga tuman mahalliy budjetining joriy yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramini keng va ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashni tashkil etish maqsadida bayram sovg‘alari va tashkiliy ishlar uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida. 

- Tuman soliq inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi PF-5283-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, soliq qarzdorligini bartaraf etish hamda tizimni korrupsiyadan holi sohaga aylantirish yuzasidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. 

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-sonli qaror ijrosi to‘g‘risida. 

- Paxtakor tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tumanda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi ta’minlanish maqsadida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. 

- Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi hamda doimiy komissiyalarining 2026-yil uchun ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida.  

Slide 1 of 1