Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Bo‘ka tumanida “Ma’naviyat karvoni” doirasida targ‘ibot uchrashuvi
янв.21
MA'RIFATGA CHORLOVCHI MUQADDAS DARGOH
янв.21
“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?”
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: inson qadri va farovonlik yo‘lidagi muhim qadam
янв.21
Sayyor qabul
янв.21
"Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" ko‘rik tanlovi davom etmoqda
янв.21
“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" nomli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining targ‘iboti
янв.21
Doimiy komissiyaning yig‘ilishi.
2026-yil 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi Muqaddas O‘razaliyeva saylovchilar bilan uchrashdi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi Muqaddas O‘razaliyeva O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasining Jizzax viloyati Kengashi raisi N. Xolmatov hamda Mirzacho‘l tumani Kengashi raisi O.Namozovalar bilan birgalikda Mirzacho‘l tumani "Mirzadala" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Deputat ishtirokida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda mahalla faollari, masʼul tashkilotlar vakillari hamda jamoatchilik vakillari bilan ochiq va konstruktiv muloqot olib borildi. 

Tadbirda asosiy eʼtibor korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, fuqarolar bilan ishlashda qonun ustuvorligini mustahkamlash masalalariga qaratildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston 2030 strategiyasi doirasida belgilangan ustuvor vazifalarning hududlarda amalga oshirilishi, avvalgi uchrashuv va o‘rganishlar chog‘ida berilgan tavsiyalar ijrosi atroflicha tahlil qilindi. Qabul qilingan chora-tadbirlarning samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek taʼlim, sog‘liqni saqlash, bandlik va ijtimoiy xizmatlar sohalarida maishiy korrupsiya xavfini kamaytirish, qarorlar qabul qilish jarayonida inson omilini qisqartirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Suhbat yakunida bildirilgan fikr va takliflar birma bir qayd etilib, ularni amalga oshirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilandi. 

Ushbu muloqotlar hududlarda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish hamda davlat organlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 10