Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Bo‘ka tumanida “Ma’naviyat karvoni” doirasida targ‘ibot uchrashuvi
янв.21
MA'RIFATGA CHORLOVCHI MUQADDAS DARGOH
янв.21
“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?”
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: inson qadri va farovonlik yo‘lidagi muhim qadam
янв.21
Sayyor qabul
янв.21
"Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" ko‘rik tanlovi davom etmoqda
янв.21
“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" nomli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining targ‘iboti
янв.21
Doimiy komissiyaning yig‘ilishi.
Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va ta’lim ravnaqining mustahkam poydevori

 Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va ta’lim ravnaqining
mustahkam poydevori
 

  

Farg‘ona tumani MMTBga
qarashli 56-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasiga
bag‘ishlangan muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuksak saviyada tashkil etildi.
 

Tadbir davomida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi
deputati Axrorbek Erkaboev Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor
yo‘nalishlar, ta’lim sohasini rivojlantirish, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash
masalalariga alohida to‘xtalib, ishtirokchilarga chuqur mazmunli va hayotiy misollar
asosida atroflicha tushunchalar berdi.
 

Ta’kidlanishicha, Murojaatnomada belgilangan vazifalar
har bir pedagog zimmasiga katta mas’uliyat yuklashi bilan birga, ularni yanada fidoyilik,
tashabbuskorlik va zamonaviy yondashuv asosida ishlashga chorlaydi.
 

Tadbir yakunida ishtirokchilar Prezidentimiz tomonidan
belgilangan strategik maqsadlarni hayotga tatbiq etish yo‘lida birlashib, ta’lim
sifati va samaradorligini yanada oshirishga qat’iy bel bog‘laganliklarini bildirdilar.
  

Slide 1 of 2