Yig‘ilishda Marg‘ilon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi birinchi o‘rinbosarining “Tashabbusli budjet” loyihasini 2025-yil yakunlari bo‘yicha hisoboti eshitildi.
Hisobotda tashabbusli budjet doirasida amalga oshirilgan loyihalar, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda aholi manfaatiga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Deputatlar tomonidan mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tegishli takliflar ilgari surildi.