Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Bo‘ka tumanida “Ma’naviyat karvoni” doirasida targ‘ibot uchrashuvi
янв.21
MA'RIFATGA CHORLOVCHI MUQADDAS DARGOH
янв.21
“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?”
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: inson qadri va farovonlik yo‘lidagi muhim qadam
янв.21
Sayyor qabul
янв.21
"Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" ko‘rik tanlovi davom etmoqda
янв.21
“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" nomli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining targ‘iboti
янв.21
Doimiy komissiyaning yig‘ilishi.
DEPUTATNING SAYLOVChILAR BILAN UChRAShUVI

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi 3-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat Turopova Dilbar Toji qizi mahalla yettiligi hamkorligida Oltinsoy tumanidagi “Mustaqillik 10-yilligi” va “Qurama 1” mahallalarida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Deputat tomonidan uchrashuvda mahalla fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi hamda tegishli korxona va tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborishga kelishib olindi. 

Shundan so‘ng tuman hududidagi 13-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur o‘rganish jarayonining asosiy maqsadi — ta’lim muassasalarining sovuq mavsumga tayyorlik darajasini baholash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish choralarini ko‘rishdan iborat. 

Deputat ishtirokida o‘tkazilgan monitoring jarayonida quyidagi jihatlar chuqur o‘rganildi:  

  • maktab binolaridagi isitish tizimlarining holati va ularning to‘liq ishga tayyorligi; 
  • ko‘mir zaxiralarining mavjudligi hamda sifat darajasi. 

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, ayrim ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari jadallashtirilishi lozimligi qayd etildi. Shu bilan birga, deputat Turopova Dilbar Toji qizi mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, kuz-qish mavsumida o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishni ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. 

Mazkur jarayon davomida xalq deputatlari tomonidan o‘quv maskanlari rahbarlari va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, mavsumiy tayyorgarlikning har bir bosqichi doimiy deputat
nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.
 

  Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

Slide 1 of 5