Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
IJRO INTIZOMI VA DEPUTATLIK SO‘ROVLARIGA JAVOB BERISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SPORT INSHOOTLARI VA JIHOZLARINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR BILAN OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
“Turon” mahallasida fuqarolar muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova hamda Kengash deputati S.Xodjayeva “Turon” mahallasida bo‘lib, mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida fuqarolar bilan samimiy muloqot qilinib, ularning yashash sharoitlari, kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari va mavjud infratuzilma bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan mahalladagi ko‘p qavatli turar joylarni ta’mirlash, elektr energiyasi kuchlanishining pasayishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, bolalar maydonchasini ta’mirlash hamda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari ko‘tarildi.

Xususan, ko‘p qavatli uylarning texnik holatini yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, elektr ta’minotidagi mavjud muammolarni bartaraf etish hamda bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun mo‘ljallangan maydonchani tartibga keltirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaat ham atroflicha muhokama qilinib, ushbu masalalarga yechim topish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Deputatlar tomonidan fuqarolar murojaatlarining har biri e’tibor bilan tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda muammolarni belgilangan tartibda hal etish zarurligiga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida bildirilgan murojaatlar deputatlar tomonidan o‘rganish uchun qayd etilib, ularning ijrosi va hal etilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalalari belgilandi.

Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning dard-u tashvishlarini tinglash va mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir. Shu kabi uchrashuvlar orqali aholi manfaatlarini ta’minlash, mahallalardagi muammolarga amaliy yechim topish va fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2