Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
IJRO INTIZOMI VA DEPUTATLIK SO‘ROVLARIGA JAVOB BERISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SPORT INSHOOTLARI VA JIHOZLARINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR BILAN OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_sorovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "22-Vatan" okrugi deputati Revtov Oleg Viktorovich tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📁 Ushbu deputatlik so'roviga ko'ra, Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar hamda “22-Vatan” saylov okrugi hududida olib borilgan o‘rganishlar davomida Vatan mahallasidagi 55-ko‘p qavatli uy orqa tomonida joylashgan bolalar stomatologiya shifoxonasiga kirish yo‘lagini obodonlashtirish va ta’mirlash zarurati mavjudligi aniqlangan.

💹 Mazkur yo‘lakka asfalt qoplamasi yotqizish, bordyurlar o‘rnatish hamda tungi vaqtda fuqarolarning xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash maqsadida yoritish tizimini tashkil etish talab etiladi. Ayniqsa, shifoxonaga bolalar, ularning ota-onalari va boshqa fuqarolar muntazam tashrif buyurishini inobatga olgan holda, ushbu hududni tartibga keltirish muhim ahamiyatga ega.

⚠️ Yuqoridagilarni inobatga olib, quyidagi masalalarni ko'rib chiqib, aniq ma’lumot taqdim etish so‘ralmoqda.

  ✍️ Vatan mahallasidagi 55-uy orqa tomonida joylashgan bolalar stomatologiya shifoxonasiga kirish yo‘lagining mavjud holatini vakolatli mutaxassislar ishtirokida o‘rganish;

  ✍️ yo‘lakka asfalt qoplamasi yotqizish, bordyurlar o‘rnatish va tungi yoritish tizimini tashkil etish bo‘yicha zarur ishlar hajmini hamda dastlabki xarajatlarni aniqlash;

   ✍️ mazkur ishlarni moliyalashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqib, ularni 2027-yilda tuman miqyosida amalga oshiriladigan qurilish, yo‘l-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari manzilli rejasiga kiritish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish;

✍️ belgilangan tartibda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, moliyalashtirish manbalari va ijro muddatlari yuzasidan asoslantirilgan va aniq yozma javob taqdim etish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3