Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
IJRO INTIZOMI VA DEPUTATLIK SO‘ROVLARIGA JAVOB BERISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SPORT INSHOOTLARI VA JIHOZLARINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR BILAN OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
Tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

#Doimiy_komissiya_faoliyati

Tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibiga kiritilgan bir qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda aholi muammolari bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan muddat buzilishi holatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qiziriq tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yilning III choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot tinglandi.

Yig‘ilishda tuman mahalliy budjetining 2026-yilning to‘qqiz oylik ijrosi yuzasidan taqdim etilgan hisobot ham muhokama qilindi. Bunda budjet mablag‘larining ijrosi va ulardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalar rolini kuchaytirish va hududlarning yashillik darajasini tubdan oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-206-sonli Farmoni asosida tumanda 2026-yil kuzgi mavsumi uchun manzilli “Yashil dastur”ni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan fikr-mulohazalar bildirilib, tegishli takliflar ilgari surildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiyalarning tegishli qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, mazkur masalalarni Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish hamda sessiyada deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinishini ta’minlash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4