Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
IJRO INTIZOMI VA DEPUTATLIK SO‘ROVLARIGA JAVOB BERISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SPORT INSHOOTLARI VA JIHOZLARINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR BILAN OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev va kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 7-avgustdagi VII-36-46-10-136-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

🔵Mazkur qaror bilan tumanning 16 ta umumta’lim maktablari va 2 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarini “To‘siqsiz muhit” talablariga moslashtirish va nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun zarur mebel, jihoz va asbob-uskunalar bilan ta’minlash vazifasi belgilanib, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan 722,7 mln. so‘m miqdorda mablag‘lar ajratib berilgan edi.

🔵Tumanning “Chimgan” mahallasida joylashgan 38-sonli umumta’lim maktabida Kengash qarorida belgilangan vazifalar bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishda maktabning kirish qismida nogironlik aravachalari harakatlanishi uchun yo‘laklar mavjudligi, biroq eshik ostonalari cho‘ktirilmaganligi, nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun hojatxona moslashtirilmaganligi, inklyuziv ta’lim uchun sinf xonalari jihozlanmaganligi aniqlandi.

🔵Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga tushuntirish berish bo‘yicha murojaat qilinishi belgilab olindi.

Slide 1 of 4