Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
IJRO INTIZOMI VA DEPUTATLIK SO‘ROVLARIGA JAVOB BERISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SPORT INSHOOTLARI VA JIHOZLARINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR BILAN OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
🏛 GULOBOD MAHALLASIDA YO‘L, YORITISH VA INFRASTRUKTURA MUAMMOLARI O‘RGANILDI

 2026-yil 20-oktabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Jumaniyazov Qudrat Atabayevich tomonidan Urganch tumani Gulobod MFY hududida fuqarolar va mahalla mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 O‘rganish davomida mahallada so‘nggi davrda jami 3,5 km uzunlikdagi 10 ta ko‘chaning asfalt qilingani e’tirof etildi. Shu bilan birga, 6 ta ko‘chada, jumladan, Alpomish va Alpomish 5–9-ko‘chalarida tungi yoritgichlar o‘rnatilmagani aniqlandi.

 Shuningdek, mahalla hududidan o‘tuvchi eski Shovot yo‘lining qariyb 4,5–5 km qismi ta’mirtalab ekani, yo‘l chetlarida tezlikni cheklovchi va notekis yo‘l haqida ogohlantiruvchi belgilar mavjud emasligi qayd etildi.

 Bundan tashqari, Urganch shahridan Gulobod mahallasiga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmagani hamda 35-sonli sport maktabi sport zalining ta’mirtalab holatda ekanligi ma’lum bo‘ldi.

 Deputatlik nazorati doirasida aniqlangan ushbu muammolarni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, tungi yoritish tizimini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi. 

Slide 1 of 3