Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
IJRO INTIZOMI VA DEPUTATLIK SO‘ROVLARIGA JAVOB BERISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SPORT INSHOOTLARI VA JIHOZLARINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR BILAN OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
TOZA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

TOZA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-“Xisorak” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Salimboyev Xasan Dilmurodovich saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvlar hamda “Teman” MFY nuroniylari va faollari bilan o‘tkazilgan suhbatlar davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammoni o‘rgandi.
Muloqotlar davomida mahallaning “Soxibkor” ko‘chasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bilan bog‘liq muammolar mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat ko‘cha aholisi uchun kundalik turmushda noqulayliklar keltirib chiqarayotgani, ushbu masalani hal etish esa fuqarolar uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Aniqlangan muammo yuzasidan deputat tomonidan 2026-yil 20-oktabrdagi 59-ds-485-26-sonli deputat so‘rovi “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Parkent tumani filialiga yuborildi.
So‘rovda “Soxibkor” ko‘chasida toza ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq mavjud holatni atroflicha o‘rganish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan chora-tadbirlar, shuningdek, ularni amalga oshirish muddatlari to‘g‘risida asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
➡️ Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni vakolatli tashkilotlar oldiga qo‘yish, ularning hal etilishi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishiga ko‘maklashish va aholi manfaatlarini himoya qilishdir.

Slide 1 of 2