“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
📍 Olmazor tumani “Nihol” mahallasi ijtimoiy xodimi M.Tulyaganova tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.
✨Mahallada aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish, manzilli yordam ko‘rsatish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
📊 9 oylik faoliyatning asosiy natijalari:
🔹 16 nafar fuqaro ayni vaqtda ijtimoiy reyestrda turibdi.
🔹 3 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrdan chiqarildi.
🔹 18 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
🔹 3 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro ish bilan ta’minlandi.
🔹 Ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqarolarga SХK orqali oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar yetkazib berildi.
🔹 Davlat ta’minotiga muhtoj 2 nafar fuqaro aniqlandi, ular tegishli tartibda reyestrga kiritilib, ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
🔹 Mahallada yolg‘iz yashovchi fuqaro S.Mirpulatova aniqlanib, uning holati o‘rganildi va unga ijtimoiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.
🤝 Ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan ishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash hamda yordamga muhtoj fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!