Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

5-sonli texnikum sport zalida ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan shahardagi 5-sonli texnikum sport zalida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida sport zalida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, bajarilgan ishlar hajmi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi masalalariga e’tibor qaratildi. Shartnomaga muvofiq, ta’mirlash ishlarini 5-noyabr kuniga qadar yakunlash belgilangan bo‘lib, ayni vaqtda ishlarning 80 foizi bajarilgan.

️O‘rganish jarayonida sport zalidan samarali foydalanish, mashg‘ulotlar uchun qulay sharoit yaratish hamda binoning kuz-qish mavsumiga tayyorligini ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi.

Deputat tomonidan qurilish tashkiloti mas’ullari va texnikum rahbariyatiga ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Jumladan, isitish tizimini ta’mirlash, sanuzellarni tartibga keltirish hamda derazalarga himoya qatlamlarini o‘rnatish ishlarini sifatli amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, barcha ishlarni shartnomada belgilangan muddatlarda yakunlash, bajarilayotgan ishlarning sifati va xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash muhimligi qayd etildi.

Ta’lim muassasalarida zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish, sport infratuzilmasini yaxshilash hamda ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishini nazorat qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5