Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 19-“Saoqat” saylov okrugidan saylangan deputat I.Fayzullayev tomonidan “Sobir Abdulla” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Bekbutabek ko‘chasi, 25-A-uyda yashovchi Jo‘rayevlar oilasi xonadoniga tashrif buyurilib, oila vakili bilan suhbat o‘tkazildi. Muloqot jarayonida oilaga ko‘rsatilayotgan yordamlar va mavjud ehtiyojlar bilan yaqindan tanishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur oilaga jami 2 mln 472 ming so‘mlik vaucher ajratilgan. Hozirgi vaqtda esa oilaning bir nafar farzandini inklyuziv ta’limga jalb etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

O‘rganish davomida bolani ta’lim jarayoniga jalb etish, uning individual ehtiyojlarini inobatga olish hamda oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2