#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
ISSIQXONACHILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 10-Yangiyo‘l saylov okrugi deputati R. Shamanov tomonidan o‘zi saylangan Qo‘ng‘irot MFY hududida fuqarolarning tomorqa va tadbirkorlik faoliyati bilan tanishish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida D. Shoterimov xonadonidagi issiqxona faoliyati bilan tanishilib, gul yetishtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Xonadonda gullarni parvarishlash, yetishtirish va ushbu faoliyatni rivojlantirish borasidagi tajribaga e’tibor qaratildi.
Bunday tashabbuslar aholi bandligini ta’minlash, oilaviy daromad manbalarini kengaytirish hamda tomorqa va issiqxonalardan samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.