Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI BO‘YICHA TADBIR O‘TKAZILDI

 YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI BO‘YICHA TADBIR O‘TKAZILDI

✅ 22-Chilonzor saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputat S. Salomov tuman YHX xodimlari bilan hamkorlikda Termiz–Toshkent avtomobil yo‘lida saylov okrugi fuqarolari va haydovchilari ishtirokida yo‘l harakati xavfsizligiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirini tashkil etdi.

✅ Tadbir davomida fuqarolar va haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, belgilangan tezlik me’yorlarini buzmaslik, piyodalarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish hamda transport vositasini boshqarishda xavfsizlik talablariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

✅ Shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va aholi o‘rtasida harakat xavfsizligi madaniyatini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2